Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilanayotgan Qorako‘l: istiqbolli loyihalar samarasi
10:25 / 2023-01-07

O‘tayotgan har bir kunimiz tarixga aylanmoqda. Ammo bizga berilgan shu qisqa vaqt oralig‘ida katta marralarni zabt etishga qodirligimizni bugungi islohotlar misolida bemalol izohlashimiz mumkin. Bugun taraqqiyot shu qadar ilgarilab ketdiki, bundan biroz muqaddam yurtimizning biror bir manzilida bo‘lgan kishi, o‘sha hududga qayta borganiga ishongisi kelmaydi. Buni Buxoroning eng olis tumani Qorako‘l misolida ham ko‘rish mumkin.

Tuman uchun 2022 yil muvaffaqiyatlarga boy bo‘ldi. Katta maqsadlarni ko‘zlab harakat qilgan qorako‘lliklar yuksak marralarni zabt etdi. Xususan tumanni rivojlantirish hududiy investitsiya dasturiga muvofiq, 2022 yilda sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida umumiy qiymati 364 milliard 804 million so‘mga teng bo‘lgan 59 ta loyiha ishga tushirildi va 835 nafar aholining bandligi ta’minlandi.  

Sanoat yo‘nalishida umumiy qiymati 222 milliard 767 million so‘m bo‘lgan 13 ta loyiha amalga oshirildi. Bu bilan 556 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi. Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 105 milliard 334 millon so‘m evaziga 36 ta loyihalar moliyalashtirildi. 220 nafar aholi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham mislsiz natijalar qayd etildi. Umumiy qiymati 30 milliard 704 million so‘mga teng 5 ta loyihaning amalga oshirilishi natijasida 43 ta yangi ish o‘rni yaratildi.  

Ushbu loyihalarni ishga tushirish hisobiga yangi turdagi 10 dan ortiq mahsulotlar o‘zlashtirildi. Xususan, to‘qima  mato, ip-kalava, jun mahsulotlarini qayta ishlash natijasida tola, jundan tayyorlangan ip-kalava va tayyor mahsulot, un hamda trikotaj mato mahsulotlarini ishlab chiqarish hisobidan tumanda qo‘shimcha 135,3 milliard so‘mga teng bo‘lgan ishlab chiqarish hajmlari yaratildi. Eksport hajmi 6,5 million AQSH dollariga kengaydi hamda 15,1 milliard so‘mlik byudjetga qo‘shimcha tushumlar hajmi ortishiga erishildi. bugungi kunda Buxoroda paxta-to‘qimachilik yo‘nalishida 838 ta korxona faoliyat ko‘rsatib, 36,2 mingdan ziyod fuqarolar bandligi ta’minlangan. Viloyatda joriy yilda 350 ming tonnadan oshiqroq paxta xom-ashyosi yetishtirilib, undan 130 ming tonnaga yaqin paxta tolasi olinadi. Hozirda paxta tolasini qayta ishlash quvvati  101,4 ming tonna, tolani qayta ishlash darajasi 80 foizni tashkil etmoqda. Qorako‘l tumanida ham bu yo‘nalishda yetakchilar qatoridan joy oldi. Tegishli dasturlar doirasida tumanda tekstil va to‘qimachilik yunalishida faoliyat olib borayotgan “Qorako‘l Kumush Kalava” MCHJ tomonidan 2022 yilda yana bir istiqbolli loyihaga qo‘l urildi. Korxona 2019 yilda 3 million dollarlik eksportni amalga oshirgan bo‘lsa, yakunlangan yilda bu ko‘rsatkich 11,2 millionga yetkazilishi ta’minlandi.  

– Jamiyatimiz paxta to‘qimachilik klasteri faoliyati bilan shug‘ullanib keladi, – deydi MCHJ rahbari Asror Mansurov. – bugungi kunga qadar to‘qima mato ishlab chiqarish darajasigacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oldik. Klasterimizda 650 nafardan ortiq mahalliy aholi ish bilan band. Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotimiz Rossiya, Turkiya, Belorussiya davlatlariga eksportga yo‘naltirilmoqda.      

[gallery-10201]

Korxonada yillik quvvati 8 million pogona metrdagi qiymati 39,1 milliard so‘mga teng bo‘lgan to‘qima mato ishlab chiqariladi. Eng muhimi, bu loyiha ham tumanning ko‘plab xotin-qizlarini ish bilan ta’minlash imkonini berdi. Loyihaga asosan korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan 14,7 milliard so‘m hamda bank krediti hisobidan 2,2 million AQSH dollariga teng mablag‘ sarflandi. Hali klasterning kelgusidagi rejalari yanada ulkan. Bu intilishlar kelgusida yana 500 nafar aholining aniq ish o‘rniga ega bo‘lishiga zamin yaratadi.  

So‘ngi yillarda mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish asosiy drayverlardan biri ekanligini va sanoatni rivojlantirmay turib odamlarni ish bilan ta’minlab bo‘lmasligini chuqur anglanga holda Qorako‘lda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Tumanda faoliyat olib borayotgan “Qorako‘l Garden Tex” MCHJ, “Muxammadmuso baliqchilik bo‘rdoqichilik” “Real Teks Qorako‘l”, “Sulaymon Nafosat Fayz”, “Merganteks” MCHJ tomonidan ham tuman kesimida yirik loyihalar ishga tushurildi. Bularning barchasi aholining yanada farovon yashashiga zamin yaratdi.  

–“Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida 2022 yilda 1 ming 300 ga yaqin fuqaroga 84 milliard miqdorida imtiyozli kredit ajratildi, – deydi Qorako‘l tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sanjar Husenov. –Natijada yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shuningdek, xizmatlar sohasini rivojlantirish natijasida 700 ga yaqin ob’ektlar qurilishi rejalashtirildi. Markaziy ko‘chaning o‘zida 60 ga yaqin ob’ekt qurilib, 400 ga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.  

2022 yilda tumandagi "Barhayot Muhamad Rajab parranda" fermer xo‘jaligi tomonidan qiymati 5 milliard so‘mga teng bo‘lgan loyiha doirasida Rossiya davlatidan 300 boshdan ortiq yirik shoxli chorva mollari olib kelindi hamda loyiha ishga tushishi natijasida 10 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi. “POYKENT EKOMEAT” MCHJ  tomonidan qiymati 16 milliard so‘mga teng bo‘lgan chorvachilik loyihasi ishga tushurildi. Xizmat ko‘rsatish sohasida esa qiymati 109,8 milliard so‘mga teng bo‘lgan 40 ta loyihalarni amalga oshirish natijasida 233 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.  

Qorako‘l tumani Xo‘jalar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 4.57 gektar yer maydonida “Xo‘jalar” kichik sanoat zonasi tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 3 ta tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qiymati 18 milliard 830 million so‘mga teng bo‘lgan 4 ta loyihalar jumladan, sochiq va ip kalavadan tayyor mato, mix va samorez mahsulotlari, barcha turdagi mebel jixozlari va MDF eshik-deraza romlari  ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish natijasida 102 nafar yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan. Tumandagi “Qorako‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2,2 gektar yer maydonida “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zona”si tashkil qilinib, 19 ta loyihalar amalga oshiriladi.  

Ushbu sanoat zonalariga 40 nafardan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilish hisobiga umumiy qiymati 10 million AQSH dollariga yaqin investitsiyalar o‘zlashtirilib, 400 nafarga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan. Qorako‘l tumaniga joriy yil uchun 27,2 million dollarlik eksport rejasi belgilangan edi, shundan sanoat mahsulotlari 24,45 million dollar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 2,75 million dollarni tashkil qildi.  

O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga muvofiq, Qorako‘l tumanida 2022 yilda 2 ta loyiha doirasida jami 6 million dollarga teng to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilishi belgilangan bo‘lsa, yakunida 12 million dollar o‘zlashtirish hisobiga yillik reja 200 foizga bajarildi. Yana bir muhim mahsulot. Qorako‘l tumanida qad rostlayotgan MTO texnologiyasiga asoslangan gaz-kimyo kompleksi mamlakatimizda gaz-kimyo tehnologik klasterining yadrosi vazifasini o‘tashi taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga, zavod O‘zbekistonda import o‘rnini bosishni sezilarli darajada tezlashtiradi, iqtisodiyotning turli tarmoqlarini diversifikatsiya qilish va rivojlantirishni ta’minlaydi.  

Dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun mamlakatimiz bugun eng qulay investitsiya makoniga aylandi. Shunga muvofiq, halqaro korporatsiyasi tomonidan Qorako‘lda yirik MTO texnologiyasi asosida gaz-kimyo kompleksini qurish loyihasi bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Bundan avval Enter Engineering kompaniyasi bilan hamkorlikda 4 ta katta inshoot ham qad rostlaydi. Hozirda 1000 nafarga yaqin ishchilar ushbu zavodlarni qurish ishlariga jalb etilgan. MTO texnologiyasi asosida gaz-kimyo kompleksiga kerak bo‘ladigan aksariyat texnologiyalar mahalliy sharoitda ishlab chiqariladi. 400 gektar maydondan metanol, olefin, monoyetilenglikol, past zichlikdagi polietilen va polipropilen ishlab chiqarish majmualari joy oladi.  

– Mana shu yerda payvandlash ishlari olib boriladigan sex bo‘ladi, – deydi uchastka boshlig‘i Alisher Elmurodov. – Metallni shu yerda ishlab chiqaramiz. Bundan keyin bo‘yash sexi qurilmoqda. Sexda bo‘yalib, tayyor mahsulot ishlab chiqariladi. Bu yerda asosan metan gazni ishlab chiqarish zavodi bo‘ladi. Temir beton zavodi quriladi va yirik loyiha Qorako‘l gazni qayta ishlash zavodi bunyod etiladi. Gaz-kimyo kompleksi metanolni olefinga aylantirish texnologiyasidan foydalanadi. Bu degani, yaqin yil ichida Qorako‘lda Markaziy Osiyoda birinchi marta bunday tajriba amaliyotga tatbiq qilinadi.  

Gaz-kimyo kompleksi metanolni olefinga aylantirish tehnologiyasidan foydalanadi. Bu degani, yaqin yil ichida Qorako‘lda Markaziy Osiyoda birinchi marta bunday tajriba amaliyotg

a tatbiq qilinadi. Mutaxassislarning e’tiroficha, Enter Enjineyering kompaniyasining yirik sanoat loyihalarini amalga oshirishdagi katta tajribasini WOOD kompaniyasining neft-kimyo, tog‘-kon va muhandislik tajribasi bilan uyg‘unlashtirish orqali O‘zbekiston sanoat rivojlanishi uchun yangi standartlar joriy etiladi.  

– Loyiha metallni qayta ishlash zavodi bo‘lib, 50 mingdan yuqori tonnada temirlarni qayta ishlashdan iborat, – deydi kompaniya bosh muhandisi Ashur Aliyev. – Natija 350 - 500 tagacha ishchi o‘rni yaratiladi. Ayni kunda kimyoviy kompleksni qurish jarayonida 1000 dan ortiq ishchilar ish bilan band. Loyihani tugatish 2025 yilga rejalashtirilgan. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,5 milliard m³ tabiiy gaz metanidan 730 ming tonna yuqori sifatli polimerlarni tashkil qiladi. Zavod mahsulotlari assortimentiga past zichlikdagi polietilen yiliga 80 ming tonna, etilenvinilatsetat yiliga 100 ming tonna, polietilen tereftalat yiliga 300 ming tonna va polipropilen yiliga 250 ming tonnaga yetkaziladi. Yiliga tayyor mahsulotning 70 foizi O‘zbekiston ichki bozorida, 30 foizi eksportga mo‘ljallanmoqda. Eng muhimi ushbu majmualarda 10-12 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.  

Qolaversa, ushbu loyihaga hamohang tarzda mamlakatimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun hududiy temir, beton va temirbeton mahsulotlari yaratiladigan katta majmuaga asos solinadi.  

Loyihani tugatish 2025 yilga rejalashtirilgan. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,5 milliard m³ tabiiy gaz metanidan 730 ming tonna yuqori sifatli polimerlarni tashkil qiladi. Zavod mahsulotlari assortimentiga past zichlikdagi polietilen yiliga 80 ming tonna, etilenvinilatsetat yiliga 100 ming tonna, polietilen tereftalat yiliga 300 ming tonna va polipropilen yiliga 250 ming tonnaga yetkaziladi. Yiliga tayyor mahsulotning 70 foizi O‘zbekiston ichki bozorida, 30 foizi eksportga mo‘ljallanmoqda. Eng muhimi ushbu majmualarda 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.  

Zarif Komilov,  Tohirjon Istatov (surat), O‘zA