Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirildi
09:31 / 2023-03-29

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov boshchiligidagi bir guruh deputatlar Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.

Qarshi hamda Shahrisabz shaharlarida mahalliy Kengash deputatlari bilan o‘tkazilgan tadbirlarda Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tildi.  

Tadbirlarda deputatlar, faollar, yoshlar vakillari yangilanayotgan Konstitutsiyamizning referendum orqali qabul qilinishini qanchalik ahamiyatli ekanligi, umumxalq muhokamasi har tomonlama mukammal tashkil etilgani, parlament palatalari yig‘ilishlarida Konstitutsiyaviy qonun ochiq va oshkora muhokamalardan o‘tkazilganini alohida ta’kidladi. 

G‘uzor tumanidagi «Dashtobod» mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvda mahalla vakillari oxirgi yillarda mamlakatimizda aholining farovonligini oshirish, xususan ularning bandligini, munosib hayot kechirishini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar o‘z ijobiy natijasini ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda yurtimizda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinayotgani, aholining qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlari kengayayotgani, xalqimiz dasturxoniga sifatli va arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazish hajmi oshayotganini qayd etib, sohadagi ishlardan mamnun ekanliklarini bildirdi.  

Qabul qilinishi mo‘ljallanayotgan yangi Konstitutsiyada ham qishloq xo‘jaligi, yerdan unumli foydalanishga qaratilgan qoidalar aks etgani ta’kidlandi.  

Deputatlar «Yangihayot» mahallasida «Ochiq byudjet» tizimi orqali mahallani obod qilish yo‘lida amalga oshirilgan ishlarni ham ko‘zdan kechirdi. Mazkur jarayonda mahalla faollari ushbu tizim orqali mahallani obod qilganliklari, «Ochiq byudjet» tizimi aholini qiynab kelayotgan muammolarning yechimini topishda muhim omil bo‘layotganini aytib o‘tishdi.  

Shahrisabz shahrida mahallalarda fuqarolar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda hunarmandchilik sohasida davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar mintaqada sohaning rivojida, aholining bandligini ta’minlashda, hunarmandlarning o‘zligini keng namoyon qilishlarida muhim omil bo‘layotganini e’tirof etdilar.  

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv va muloqotlarda fuqarolar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan holda, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining yurtimiz tarixida ilk bor referendum orqali qabul qilinayotganini mamnuniyat bilan ma’qulladilar.  

 

O‘zA