Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilindi
04:12 / 2023-04-01

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyatidagi Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida o‘tkazilgan “Referendum va yoshlar” forumida mamlakatimizdagi muhim siyosiy jarayon – referendumning ahamiyati, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati haqida yoshlarga keng ma’lumotlar berildi.  

[gallery-11233]

Bayramona tus olgan forumda talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar, universitet xodimlari ishtirok etdi. Unda jamoat tashkilotlari vakillari, nufuzli tanlovlar g‘oliblari tomonidan targ‘ibot chiqishlari qilindi.

Tadbirda yoshlar ham so‘z olib, yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ular tomonidan #meningkonstitutsiyam, #konstitutsiyaoʼzimizniki, #befarqemasman xeshteglari ostida chellenj tashkil etilib, ijtimoiy tarmoqlarga uzatildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA