Yuridik adabiyotlarda qayd etilishicha, demokratiyaning asosiy shakllaridan biri bu – davlat va jamiyat hayotining muhim muammolarining umumxalq muhokamasida o‘z yechimini topishi – referendum hisoblanadi.
Joriy yilning 30 aprel kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi.
E’tiborli jihati, yangilanayotgan Konstitutsiyaga 5 ta muhim ijtimoiy hamda siyosiy yangilik kiritilmoqda.
Demak, bular:
1. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadir.
2. Har kim agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli.
3. Saylov huquqiga ega bo‘lgan yuz ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida kiritishga haqli.
4. Fuqarolar Davlat byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
5. Davlat internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Ko‘rsatuvning to‘liq shaklini O‘zAning “YouTube” kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="1519" height="585" src="https://www.youtube.com/embed/l30oGW_32QQ" title="Yangilanayotgan Konstitutsiyaga 5 ta muhim ijtimoiy hamda siyosiy yangilik kiritilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
O‘. Alimov, N. Abduvoitov (video), O‘zA