Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilanayotgan Konstitutsiyada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda
10:52 / 2023-04-07

Nurota tumanida «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki, barchaniki» shiori ostida «Yangilanayotgan Konstitutsiyada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan e’tibor» mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Eshon Sudur, Arabguzar, Mustaqillik, G‘afur G‘ulom mahallalarining aholisi, xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.  

Tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Bobomurodova yangilanayotgan Konstitutsiyada xotin-qizlarning kasbiy rivojlanishi, erkaklar va xotin-qizlar teng huquqli bo‘lishining kafolatlanishi, homilador ayollar, oila, yoshlar, nogironligi bor shaxslarning davlat tomonidan himoya qilinishi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.  

Rahbar lavozimlarida ishlagan, hozirda nafaqadagi Shodigul aya Xusenova o‘zi faoliyat yuritgan davrdagi boshqaruv tizimi, majburiy mehnat, nogiron bolalarni maktabda ta’lim olishlarini tashkil etish uchun qilgan sa’y harakatlarining natijasiz bo‘lgani, endi esa bularning barchasi inson qadrini ulug‘lashni maqsad qilgan Bosh qomusimizda o‘z aksini topayotganini to‘lqinlanib, ko‘zda yosh bilan so‘zlab berdi.  

Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.  

 

Sh.Shokirova,  

O‘zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi  

O‘zA