Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilanayotgan Konstitutsiyada «snos» muammosining yechimi belgilab qo‘yildi (+video)
17:45 / 2023-04-05

Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasining 47-moddasida hech kim sudning qarorisiz va qonunga nomuvofiq holda uy-joyidan mahrum qilinishi mumkin emasligi belgilanmoqda. Bu «snos» bilan bog‘liq muammolarga barham beradi. E’tiborli jihati shundaki, endi fuqarolarning uyi faqat sud qarori asosida olib qo‘yilishi mumkin va avvaldan kompensatsiyaning yarmi to‘lanadi.

Toshkent viloyati Chinoz tumani 33 sonli "XMKK" MCHJ qurilish firmasi rahbari Ahmadali Xudoyberganov yangilanayotgan Konstitutsiya, unga  kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdi.  

– So‘nggi yillarda mamlakatimizda qurilish ko‘lamining ortishi «snos»lar bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirdi, – deydi A.Xudoyberganov. – Fuqarolarning davlat ehtiyojlari uchun, deya olib qo‘yilgan hovlilar o‘rnida ko‘p qavatli uylar qurildi. Biroq, uyi buzilgan fuqarolarning barchasi ham to‘liq rozi qilinmadi. Qurilish sabab ayrim fuqarolarning uyiga yetkazilgan zararlar qoplab berilmadi. Bu ish shu darajaga yetib bordiki, quruvchilar va fuqarolar o‘rtasidagi kelishmovchilik katta janjalga aylana boshladi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/boHVIgFJRQk" title="Yangilanayotgan Konstitutsiyada «snos» muammosining yechimi belgilab qo‘yildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Bu kabi muammolarning oldini olish uchun Konstitutsiyaga «snos» muammosiga barham berish bilan bog‘liq norma kiritish kerak edi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 47-moddasida aynan «snos» muammosining yechimi belgilab qo‘yildi. Unga muvofiq, endilikda hech kim sudning qarorisiz va qonunga nomuvofiq holda uy-joyidan mahrum qilinishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.  

Moddada davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantirishi hamda uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi ham nazarda tutilgan.  

Shuni ham alohida aytish joiz, so‘nggi yillarda Toshkent viloyati Chinoz tumanida 100 milliarddan ziyod qurilish ishlari amalga oshirildi. Tumanda ichki yo‘llar deyarli to‘liq ta’mirlandi. 30-40 yildan buyon suv yetib bormagan joylar bor edi. Barcha mahallalarga ichimlik suvlari yetkazildi. Bundan tuman aholisi mamnun. Yangilanayotgan Konstitutsiyaga 65 foiz o‘zgartirish kiritilyapti. Buning barchasida xalqimizning kelajak manfaati o‘ylangan.  

Men Konstitutsiyaga befarq emasman. Chunki, mening hayotim, farzandlarim, nabiralarim hayoti, kelajagi Konstitutsiya bilan huquqiy kafolatlangan. Shu bois 30 aprelda bo‘ladigan referendumga barcha quruvchilarni taklif qilaman.  

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA muxbiri