Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilanayotgan Konstitutsiya yurtimizda biznes emin-erkin rivojlanishi uchun mustahkam huquqiy poydevor bo‘ladi
12:18 / 2023-04-27

Xalqaro kongress markazida ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. Uning yalpi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari islohotlar jadal davom etishi, yurtimizda biznes emin-erkin rivojlanishi uchun yanada mustahkam huquqiy poydevor kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.  

 Yaqin kunlarda Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkaziladi.  

 Eng avvalo, yangi Konstitutsiyada O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani alohida belgilanmoqda. Barcha o‘zgartirishlarning tub negiziga “inson huquqlari va erkinliklari ustuvor” degan ezgu g‘oya qo‘yilmoqda. Shuningdek, Konstitutsiyamizda ilk bor qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, mulk daxlsizligi, bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish, sud mustaqilligi bo‘yicha davlat o‘ziga majburiyatlar olmoqda.  

 — Hech shubhasiz, yangi Konstitutsiya – biz boshlagan islohotlarni izchil davom ettirib, eng muhimi, ularga ortga qaytmaydigan tus berishi muqarrar, – dedi Prezident.  

O‘zA