French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilanayotgan Konstitutsiya mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirildi
14:01 / 2023-04-18

“Konstitutsiya – o‘zimizniki!” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarining navbatdagisi Kadastr agentligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Quyichirchiq tumanida bo‘lib o‘tdi.

Unda hudud faollari, faxriylar, kadastr sohasi vakillari  ishtirok etdi.  

So‘zga chiqqanlar mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbir – referendumning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.    

Qayd etilganidek, yangilanayotgan Konstitutsiya aholi farovonligini oshirishi, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishi va hayotning barcha sohalarini liberallashtirishda muhim omil bo‘ladi.  

Targ‘ibot tadbirida so‘z olganlar barchani konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha o‘tkaziladigan referendumda faol bo‘lishga chaqirdi.    

Bundan tashqari, el suygan san’atkorlarning chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA