Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilanayotgan Konstitutsiya inson qadrini ulug‘laydigan muhim hujjat bo‘ladi
11:28 / 2023-04-25

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov va bir guruh deputatlar Namangan viloyatida turli soha vakillari bilan uchrashib, yangilanayotgan Konstitutsiyadan o‘rin olgan qoidalar, ularning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida keng ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, demokratiyaning eng muhim shartlaridan biri hisoblangan, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni hal qilishda xalqning bevosita ishtirokini ifodalaydigan referendumning muhim jihati haqida fikrlar yuritildi.   

Muloqotlarda fuqarolar Bosh qomusimizning yangi tahririda aholining fikri, xohish-irodasi aks etgani, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ruhi ifodalanganini e’tirof etib, yangilanayotgan Konstitutsiya inson qadrini ulug‘laydigan, mamlakat rivojiga xizmat qiladigan muhim hujjat bo‘lishini ta’kidladi.  

— bugungi zamon yoshlari dunyoqarashi keng, qat’iyatli, o‘z maqsadi sari harakat qiladigan, muammoni ijobiy yechadigan komil inson bo‘lishi kerak, — deydi Uchqo‘rg‘on tumanidagi 5-maktab direktori o‘rinbosari Shohista Toshpo‘latova. — Bunda, albatta, ta’lim va tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim sifatini yaxshilash, o‘qituvchilar kasbini ulug‘lash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda ham mulkimiz, bolalarimizning ta’limi va tarbiyasi uchun sharoitlar, sog‘lig‘imizni saqlashga kafolatlar o‘z aksini topyapti. Demak, hammamiz kelajagimizga befarq bo‘lmagan holda referendumda faol ishtirok etishimiz lozim.  

Ishchi guruhning joylardagi uchrashuvlari faol ruhda davom etdi.  

 

M.Komilova,  

O‘zA