English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangihayotda “Yashil makon”ga start berildi
13:01 / 2023-10-21

Yangihayot tumanida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, ishchi guruh a’zolari, Yangihayot tuman hokimi o‘rinbosarlari boshchiligida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda tuman miqyosida, xususan, markaziy va ichki ko‘chalar, mahallalarda daraxt ko‘chatlari ekish, yashil zamin yaratish, bunda fuqarolarning ham faolligini oshirish haqida so‘z bordi.  

 Shundan so‘ng tuman hokimligi mas’ullari, tashkilot rahbarlari va ko‘ngillilar ishtirokida ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborildi. Ko‘pchilikning faolligi va tashabbusi bilan 200ga yaqin pavloniya ko‘chatlari ekildi.  

Tadbirlar tuman mahallalari bo‘ylab davom etmoqda.

 

O‘zA