Yangihayotda 5000 qadam marafoni
Yangihayot tumanida “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi.
Ushbu marafon tumanning “Qo‘rg‘ontepa” ko‘chasining “Qipchoq” ko‘chasi kesishmasidan boshlab “Qo‘rg‘ontepa” ko‘chasi bo‘ylab
“Mehrigiyo” ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan hududda o‘tkazildi.
Tuman hokimligi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu marafonda 3000 ta tuman faollari ishtirok etdi.