Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi, qurbonlar bor
14:16 / 2022-09-13

Bugun, 13 sentyabr tongda Yangihayot tumani "Chorbog‘" MFYda joylashgan ko‘p qavatli xonadonlarning birida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in joyiga soat 06:14 da yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib borgan va soat 06:27 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida uy jihozlari va uyning ichki qismi 30 kvadrat metr maydon yonib zararlangan hamda bir nafar fuqaro kuyish tan jarohati natijasida halok bo‘lgan. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

 

O‘zA