Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangihayot tumanida navbatdagi brifing o‘tkazildi
17:38 / 2021-06-21

Brifingda Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari Jasurbek Abulqosimov tumandagi obodonlashtirish ishlari haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Yangihayot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2021 yil bahor mavsumida tuman markaziy ko‘chalariga, «Mehrigiyo», «Qo‘rg‘ontepa», «Sofdil», «Shokirariq», «Qo‘rg‘ontepa tor» hamda «M.Tursunzoda» ko‘chalariga 2176 ta manzarali va ignabargli daraxt ko‘chatlari, 1507 ta buta ko‘chatlari ekildi. Bundan tashqari, 29 ta gulxonalar barpo etilib, 67000 dona mavsumiy gul ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.

Yangihayot tumani hududida umumiy uzunligi 77684 p.m. irrigatsiya tarmoqlari, dyukerlar soni 34 tani, qo‘l kuchi bilan tozalanadigan maydon 594807 kv.m.maydon, ko‘kalamzorlashtirish maydonlari gazon qoplamali maydonlar 482 024 kv.m. maydon tashkil etadi. bugungi kunda yashil maydonlarni o‘rish, irrigatsiya tarmoqlarni tozalash, daraxtlarni oqlash, chiqindilarni olib chiqib ketish ishlari muntazam amalga oshirilmoqda. Hozirda boshqarmaga maxsus texnikalar ham xarid qilindi.