Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangihayot tumanida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika foydalanishga topshirildi
12:26 / 2025-08-02

Yangihayot tumanida foydalanishga topshirilgan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika endilikda 100 mingdan ortiq aholiga zamonaviy va qulay sharoitlarda xizmat ko‘rsatadi.

Bu esa Toshkent shahrida yanada sifatli va qulayroq tibbiy yordam ko‘rsatish, kutish vaqtining qisqarishi va har bir oila salomatligiga g‘amxo‘rlik qilishga zamin yaratadi.

Aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojini yengillashtirish maqsadida ish boshlagan mazkur tibbiyot birlashmasi binosi ayni kunlarda kapital ta’mirlanib, bemorlarni qabul qilishga tayyor bo‘ldi.

Poliklinikada "Elektron poliklinika" tizimi yangilandi, patronaj xizmati raqamlashtirildi va "Elektron retsept" joriy etildi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA