Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangihayot tumanida 3 ta ijtimoiy ob’ekt foydalanishga topshirildi
09:49 / 2022-10-04

Yangi ijtimoiy ob’ektlarning ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi so‘zga chiqib, tuman ahlini yangi binolarning ochilishi bilan tabrikladi.

Jumladan, tumanning “Yangi Choshtepa” mahallasida zamonaviy, aylana shaklga ega bo‘lgan noodatiy maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. Ushbu DMTTga 380 nafar tarbiyalanuvchini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, “Oriyat” mahallasida qurib foydalanishga topshirilgan 122-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 720 nafar tarbiyalanuvchini qabul qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, shahar miqyosida eng katta sig‘imga ega bo‘lgan MTT hisoblanadi.  

Tumanda sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga ham katta e’tibor qaratgan holda, tuman aholisi uchun 2 qavatli, zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan tez tibbiy yordam stansiyasi ochildi. Ushbu stansiya “Do‘stlik” mahallasi hududidagi 0,14 gektar bo‘sh turgan yer maydonida qurilib, tezkor internet, telefon va radioaloqa tizimlari bilan ta’minlandi.

Shuningdek, tumandagi muammolarni o‘rganish jarayonida aholi tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, tumanga ajratilgan 1 milliard so‘m mablag‘ evaziga tez tibbiy yordam kelishida muammo bo‘lgan hududlarga 2 ta “Volkswagen” tez tibbiy yordam mashinasi xarid qilindi va ularga GPS-tizimi o‘rnatildi.

 

Gulnoza Boboyeva, 
O‘zA