Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangihayot tumani hokimligida yangi tayinlovlar...
11:53 / 2021-01-26

Toshkent shahri Yangihayot tumani hokimi Hayot Inog‘omov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimligining turli lavozimlariga tayinlangan xodimlar tanishtirildi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, hokimning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Shuhrat Nasimov Aliboyevich tayinlandi.

Tuman hokimligining Hokim apparati rahbari lavozimiga Nozirbek Mo‘minov Azimjonovich tayinlandi.

Tuman hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Nigina Hakimova Alimdjanovna tayinlandi.  

Tuman hokimligining Tahliliy-nazorat guruhi rahbari lavozimiga Avaz Hoshimov Mahmudjonovich tayinlandi.

Shuningdek, tuman hokimligi devonxona mudiri lavozimiga Luiza Ashirmatova Rimilevna tayinlandi.