French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangicha ruh aks etayotgan Konstitutsiya
20:32 / 2022-06-22

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgarish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan tashabbuslar yuzasidan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi eksperti Anvarjon Mirkomilov munosabat bildirdi.

Komissiya a’zolari bilan uchrashuv ochiq, do‘stona, samimiy, konstruktiv fikr almashish tarzida o‘tdi. Bildirilgan fikrlar talaba-yoshlar, tadqiqotchilar, olimlar, tahlilchilar va keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga o‘zgarish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha 4 ta ustuvor йўналишда, inson, fuqarolar huquqi va erkinligi masalasida, jamiyat va shaxs munosabatiga, davlat hokimiyati tashkil etilishiga oid 50 dan ortiq muhim taklif, tashabbuslarni ilgari surdi.

Xususan, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida “har kim bilim olish huquqiga egaligi, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi, maktab ishlari davlat nazoratida” ekani belgilab qo‘yilgan. Shu jihatdan боғча, maktab, oliy ta’lim va ilm-fan sohalarini ustuvor taraqqiy ettirish davlat tomonidan kafolatlanishi konstitutsiyaviy norma darajasida mustahkamlanishi taklifi alohida e’tiborga molik.

Zero, so‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimida davlat muassasalari bilan bir qatorda xususiy ta’lim muassasalari faoliyat yuritishi tendensiyasi kun sayin mustahkamlanmoqda. Masalan, hozir respublikada jami 165 oliy ta’lim muassasasi mavjud, davlat oliy o‘quv yurtlari 110 ta, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va chet el OTM filiallari 30 ta, nodavlat OTM 25 ta.

Yig‘ilishda davlat maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimini, turli mulk shaklidagi, jumladan, xususiy ta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratib berish bilan bog‘liq norma ham Konstitutsiyadan o‘rin olishi zarurligi ta’kidlangani bejiz emas.

Uchrashuvda pedagog xodimlar kasbiy faoliyatiga aralashish, ularning xizmat majburiyatini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmacligi Konstitutsiya darajasida belgilab qo‘yilishi taklifi ham bildirildi. Kelgusida bu norma pedagog va ota-ona, pedagog va talaba o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan tushunmovchilik, qarama-qarshilik va ziddiyatli vaziyatlarning oldini olishga xizmat qilishi shubhasiz.

Zero, pedagog xodim kasbiy faoliyatiga aralashish ta’lim oluvchining bilimini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatadi. Demak, o‘qituvchining xizmat majburiyatini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘ymaslik yangilanayotgan Konstitutsiyada alohida norma sifatida belgilanishi o‘rinli. bugungi kun talabi shuni taqozo etmoqda.

Mazkur qoidaning kiritilishi ta’lim va tarbiya sifatiga, pedagog xodim faoliyati samaradorligiga, uning xizmat majburiyatini to‘laqonli amalga oshirishiga va nihoyat o‘quv jarayonida xolislik, adolat o‘rnatilishiga xizmat qiladi.

Bir so‘z bilan aytganda Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda bildirilgan taklif, tashabbuslar yangilanayotgan Qomusimizga kiritiladigan mazmuniy va konseptual o‘zgarishlarga asos bo‘ladi. Eng muhimi, asosiy qonunimizdagi o‘zgarishlarni ertaga o‘zimiz oilada, ta’lim muassasasida, mahallada sezamiz.

 

O‘zA muxbiri

Go‘zal Sattorova

yozib oldi.