Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangibozorda yangi oilaviy shifokorlik punkti ish boshladi
15:58 / 2024-01-12

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yangi oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi R. Jumaniyozov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari S. Sodiqov, sektorlari rahbarlari, soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

[gallery-15431]

Marosimda so‘z olganlar mamlakatimizda keyingi yillarda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari uchun moslashtirilgan yangi binolar qurish, ularni ilg‘or va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va saviyasi tobora yuksalib borayotgani xususida so‘z yuritdi.  

Yangi ish boshlagan oilaviy shifokorlik punkti zarur tibbiy asbob-uskunalar, jihozlar bilan ta’minlangan. Qolaversa, bu yerda shifokorlarning samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, aholi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

 

Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA