Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Zelandiya turnirida sportchilarimiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi 
17:34 / 2025-01-31

Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida suvga sakrash bo‘yicha o‘tkazilgan “Southern Cross Diving Series” turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatga erishdi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Igor Myalin hamda Vyacheslav Kachanov 3 metrli tramplindan sakrash dasturidagi shiddatli bahslar yakunida bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Turnirning oltin medaliga Yangi Zelandiya terma jamoasi sazovor bo‘ldi. Malayziyalik sportchilar juftligiga esa kumush medal nasib etdi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA