Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Zelandiya parlamenti karantin tufayli faoliyatini to‘xtatdi
12:12 / 2021-08-23

Yangi Zelandiya parlamenti mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovi tufayli faoliyatini bir haftaga to‘xtatdi, deb ma’lum qildi dushanba kuni mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern.

Avvalgi dushanbada u koronavirusning "delta" shtammi tez tarqalayotgani bois joriy qilingan lokdaun 27 avgustgacha, mamlakatning yirik shahri -   Oklendda esa oy oxirigacha cho‘zilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Yangi Zelandiya parlamenti poytaxt  Vellingtonda joylashgan.

Jasinda Ardernning ta’kidlashicha, vazirlar parlamentning tegishli komissiyalari qarshisida virtual tarzda hisobot berishi mumkin.  

Ardern Lokdaun paytida odamlar uylarini tark etmasligini eslatib, ularga kuniga faqat bir marta ochiq havoda sayr qilishga ruxsat berilganini qayd etgan.