Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Zelandiya “AUKUS” a’zosiga aylanishi mumkin
10:09 / 2022-08-10

AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Uendi Sherman Buyuk Britaniya, Avstraliya va AQSHni birlashtirgan “AUKUS” mudofaa alyansiga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan davlat nomini ma’lum qildi.

Oq uy rasmiy vakilining "Radio New Zealand"ga bildirishicha, Yangi Zelandiya kelajakda alyansga kirishi mumkin, deyiladi "Lenta.ru" xabarida.

Uendi Sherman hozir tashkilotning yagona maqsadi Avstraliya uchun atom suv osti flotini qurish bo‘lib, kelgusida davlatlar hamkorligi yanada kengayishi kutilayotganini ta’kidladi.

Rasmiy vakil, shuningdek, AQSHning Yangi Zelandiya bilan munosabati juda dolzarbligi va bu davlat Vashingtonning Tinch okeanidagi muhim hamkori ekanini qayd etgan.

Xabarda eslatilishicha, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arb davlatlarini AUKUSdan NATO manfaatini Hind-Tinch okeani mintaqasida ilgari surish uchun foydalanishga urinishda ayblagan.