English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Zelandiya Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidentiga boshpana berdi
16:03 / 2022-01-13

Yangi Zelandiya Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti Sarvar Donishga va uning 13 nafar qarindoshiga boshpana berdi. Lekin Yangi Zelandiya qurolli kuchlariga yordam bergan yuzlab afg‘onistonliklar chegarada qolib ketdi va endi o‘z hayotlaridan xavotirda, deyiladi payshanba kuni Guardian gazetasining saytida e’lon qilingan xabarda.

Yangi Zelandiya imigratsiya vaziri o‘rinbosari Fil Tuayfordning izoh berishicha, Donish ozchilikni tashkil etadigan xazoralar vakili bo‘lgani va inson huquqlarini himoya qilishdagi sa’y-harakatlari uchun qabul qilingan. Shu bilan birga, gazetaning ta’kidlashicha, u Afg‘onistonda Yangi Zelandiyaga umuman yordam bermagan, yordam berganlar esa mamlakatda qoldirib ketildi.

Yangi Zelandiyadagi Afg‘on xazoralari assotsiatsiyasi prezidenti Abdulla Nazariyning aytishicha, u Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidentiga boshpana berilganini ma’qullaydi, biroq boshqa yuzlab xazoralar xavotirda va ular toliblar tomonidan o‘ldirilishi mumkin. "Bu adolatdan emas", – degan Nazariy.

Gazetaning keltirishicha, Yangi Zelandiya toliblar hukumat tepasiga kelganidan keyin Afg‘onistonning taxminan 1 ming 400 fuqarosiga viza bergan. Biroq viza olgan afg‘onlarning faqat 800 ga yaqini Yangi Zelandiyaga joylashishga muvaffaq bo‘lgan.