Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yo‘nalishda ilk parvoz
16:23 / 2015-05-11

Yo‘lovchi tashish samolyotlarini yuk tashuvchi havo kemalariga qayta jihozlash loyihasi asosida qayta jihozlangan “Boing-767-300BSF” avialayneri Navoiy xalqaro aeroportidan Navoiy-Shanxay yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashish parvozini boshladi.

Yo‘lovchi tashish samolyotlarini yuk tashuvchi havo kemalariga qayta jihozlash loyihasi asosida qayta jihozlangan “Boing-767-300BSF” avialayneri Navoiy xalqaro aeroportidan Navoiy-Shanxay yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashish parvozini boshladi.

Prezidentimizning 2014-yil 12-maydagi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining ikkita “Boing-767-300ER” yo‘lovchi havo kemalarini yuk havo kemasi etib qayta jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori asosida O‘zbekiston milliy aviaparki zamonaviy ikkita havo kemasi bilan boyidi. Natijada dunyoning turli mamlakatlariga yuk tashish imkoniyati kengaydi.

Bugun Navoiy shahri aeroporti negizida tashkil qilingan xalqaro logistika markazi orqali turli davlatlarga parvozlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Hindiston, Xitoy hamda Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyoga yuklar tashilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu markaz foydalanishga topshirilganidan buyon o‘tgan vaqt mobaynida 200 ming tonnadan ziyod yuk tashilgan.

Davlatimiz rahbarining 2008-yil 31-dekabrdagi “Navoiy shahri aeroporti bazasida xalqaro intermodal logistika markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida barpo etilgan markaz Sharq bilan G‘arbni bog‘laydigan havo ko‘prigi vazifasini o‘tamoqda. Viloyatning Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M-37 magistrali bo‘yida joylashgan markaz mamlakatimizni dunyo bilan bog‘lamoqda. Mazkur xalqaro ahamiyatdagi yo‘l bo‘yida aynan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasining barpo etilgani bunda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Haftada ikki marotaba Navoiy-Shanxay-Navoiy yo‘nalishida parvoz qiladigan avialayner 56 tonnadan ortiq yukni tashish quvvatiga ega. Shanxayga parvoz qilgan havo kemasi belgilangan manzildan Navoiyga yuk olib keladi. Yangi yo‘nalish bo‘ylab parvoz qilayotgan havo laynerlari endi Amsterdam, Mumbay hamda Frankfurt shaharlariga qatnovlarni amalga oshiradi.