Yangi yilning ilk kunida eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida qayd etildi
Yurtimizda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga kelgani ma’lum qilindi. Unga ko‘ra Farg‘ona viloyatida eng ko‘p tug‘ilish qayd etildi.
2023 yil 1 yanvar soat 17.00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda jami 1312 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Ularning 687 nafari o‘g‘il, 625 nafari qiz.
Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (172 nafar) qayd etildi. Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyati (35 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, 227 ta tug‘uruq kompleksida ham tibbiyot xodimlari, akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA