Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yilni yomgʻir bilan kutamiz
15:12 / 2019-12-30

“Oʻzgidromet” markazidan xabar berishlaricha, bugun Kavkaz hududidan kirgan sovuq va nam havo oqimi sababli Oʻzbekistonning baʼzi joylarida havo harorati pasayib 5-10 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.


“Oʻzgidromet” markazidan xabar berishlaricha, bugun Kavkaz hududidan kirgan sovuq va nam havo oqimi sababli Oʻzbekistonning baʼzi joylarida havo harorati pasayib 5-10 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.

Ertaga 31-dekabrda respublikaning katta qismida yogʻingarchilik toʻxtaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechqurun va ertalab kuchsiz yomgʻir yogʻishi mumkin. Fargʻona vodiysida kun davomida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

Yangi yil kechasi 2020-yilni yurtimiz aholisi afsuski, qorsiz kutib oladi. Antitsiklon chegarasi taʼsiri natijasida harorat kechasi manfiy koʻrsatkichlargacha pasayib 0-5 daraja iliqni ayrim joylarda 2 daraja sovuqni tashkil qiladi.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston aholisi Yangi yilning birinchi kunini mintaqamizga xos boʻlgan yogʻingarchiliklarsiz, quyoshli ob-havo bilan qarshi oladi. Kunduzi havo harorati 7-12 daraja iliqqacha koʻtariladi.

Turkmaniston hududidan nam havo oqimi chiqishi bilan respublikamizning janubiy hududlarida 2-yanvarda, 3-yanvarda markaziy hududlar boʻyicha bulutlar koʻpayadi, ayrim joylarga kuchsiz yomgʻir yogʻadi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida boʻladi.

4-yanvarda ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻlishi kutilmoqda. Harorat foni saqlanib turadi va meʼyorga yaqin boʻladi.