Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yilni yangi uylarda nishonlashadi
09:27 / 2022-12-28

Farg‘ona viloyatidagi DXX chegara qo‘riqlash harbiy qismlarining Farg‘ona tumani hamda Quvasoy shahar hududidagi chegara qo‘riqlash harbiy bo‘linmalarida yangi ko‘p qavatli uy-joylar bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.

Farg‘ona tumanida umumiy qiymati 24,88 milliard so‘m bo‘lgan qurilish-bunyodkorlik ishlari natijasida 3 qavatli ma’muriy bino hamda 16 xonadonli ikkita turar-joy, bolalar sport va o‘yin maydonchalari barpo etildi, hudud obodonlashtirildi. Quvasoy shahrida esa 8,31 milliard so‘m mablag‘ hisobiga 5 qavatli 48 xonadonli turar-joy qurib bitkazildi.  

Yangi xizmat uylarini chegarachilarga topshirish tadbirlarida so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yig‘ilganlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan qutlab, 2023 yil yurtimizga qutlug‘, barakotli yil bo‘lishiga, chegaralarimizda hamisha tinchlik, xotirjamlik hukm surishiga tilak bildirdi.  

Prezidentimiz tomonidan boshlangan islohotlarning ilk kunlaridanoq O‘zbekistonda harbiy qurilish sohasini tubdan isloh qilishga qaratilgan eng muhim va ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. Xususan, harbiylarni uy-joy bilan ta’minlash, oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash uchun munosib shart-sharoitlar yaratilmoqda. Mazkur foydalanishga topshirilgan yangi xonadonlar ham ana shu ishlarning uzviy davomidir.  

Tadbirlarda DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism bo‘linmalarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga yangi xizmat uylari kalitlari, shuningdek, oilalariga sovg‘alar topshirildi. Ramziy lentalar qirqilib, yig‘ilganlar xonadonlarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.  

 

M.Sulaymonov,  

O‘zA