Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yilga mingta qorbobo
17:13 / 2020-12-31

Yangi yil bayramini munosib nishonlash maqsadida Andijon yoshlari tashabbusi bilan “Yangi yilga 1000 ta Qorbobo” loyihasi tashkil etildi.

Loyihada qatnashish istagida bo‘lgan 500 nafar Qorbobo Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur bog‘i maydonida jam bo‘ldi.

– Maqsadimiz bayramda imkoniyati cheklangan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini ko‘nglini olish, ularga homiylarning bayram sovg‘alarini yetkazib berish, - deydi Yoshlar ishlari agentligi Marhamat tumani bo‘limi mutaxassisi Nodir Kimsanboyev. – Loyiha asosida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari yetakchilari, kengash faollari tomonidan 1000 ta Qorbobo libosi tayyorlandi. Bayram kunlari har bir mahalla, ko‘cha, ko‘p qavatli uylar oldida va bolalar maydonchalarida Qorbobo ishtirokida bayram tadbirlari tashkil etiladi.

[gallery-662]

Zuhriddin UMURZOQOV olgan suratlar, O‘zA