Yangi yildan ayrim davlat bog‘chalarida to‘lovlar miqdori kamaytiriladi
2023 yil 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistondagi 208 ta tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, 5 toifaga ajratildi. Toifaga qarab bu tumanlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanadi.
Xususan, Prezidentning 2022 yil 30 dekbardagi tegishli qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar davlat bog‘chalarida bola ta’minoti uchun to‘lovlar tumanlarning toifasidan kelib chiqib, kamaytiriladi.
Ya’ni 5-toifadagi tumanlarda 50 foiz, 4-toifadagi tumanlarda 50 foiz, 3-toifadagi tumanlarda 30 foiz.
O‘zA