O‘zbekiston elektr quvvatlari ishlab chiqaruvchidan avval ichki ehtiyojni qondirib, qolganini muqim eksport qiluvchi davlatga aylanmoqda. Bu 2025-2026 yillarda energiya ishlab chiqarish tizimini yanada rivojlantirish dasturining muhim vazifalaridan biriga aylangan.
Farg‘ona Issiqlik energiya markazi ta’minot tizimi bugungi kunda har soatda 50 ming kVt elektr quvvati yetkazib beryapti. Uning 20 minggi gaz trubinasi orqali bo‘lsa, 30 ming kVt soati bug‘ trubinasida ishlab chiqarilyapti. Buning uchun jamoa kuzgi-qishki ishlarni to‘la-to‘kis bajardi. Barcha jihoz, uskuna, trubinalar sifatli ta’mirdan chiqarildi. Ehtiyot qismlar zaxirasi yaratildi.

– Elektr trubinalarning ishlashi, ulardagi moy sathi, harorati, isitish tizimlari doimiy nazoratga olingan, – deydi Farg‘ona IEM sex boshlig‘i Alisher Mo‘minov.–Maqsadimiz kuz-qish mavsumida elektr energiya ishlab chiqarish barqarorligiga erishish.
Ta’minotda uzluksizlik bo‘lishi uchun o‘tgan yilda Yaponiya kompaniyalaridan yangi uskuna va jihozlar keltirilib ishga tushirilgandi. Natijada doimiy barqarorlik ta’minlandi.

Lekin jamoa va uning rahbariyati izlanishda davom etmoqda. Butun kuch quvvatlarni ko‘paytirishga qaratilgan. Dastlabki natija kelasi 2025 yilda amalga oshadi.
– Uchinchi sonli yangi truba generatori o‘rnatmoqchimiz. U 2025 – 2026 yillarga mo‘ljallangan. U foydalanishga topshirilgach ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi soatiga 100 ming kVtga oshadi, – deydi sex boshlig‘i.

Farg‘ona issiqlik elektr markazi muqobil energiya ishlab chiqaruvchi yirik ta’minotchiga ham aylanib boryapti. 2023-2024 yillarda 2 gektar maydonda 3 ming kVt soat elektr ishlab chiqaruvchi quyosh elektrostansiyasi ishga tushirilgan edi. Kelgusida uning hajmi yana oshiriladi. Bu haqda Alisher Mo‘minov shunday deydi:
– 2025 yilda quvvati 20 MVtli, ishlash foydali koefitsenti 44 – 45 foiz bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi o‘rnatish rejalashtirilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hTIZ9Wb3sfc" title="Yangi yilda yangi quvvatlar ishga tushadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(video,surat), O‘zA muxbirlari