Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yilda yangi farzandlar dunyoga keldi
17:38 / 2026-01-01

Sirdaryoda Yangi yilning ilk soatlari quvonchli voqealar bilan yanada mazmundor, yanada yorqin bo‘ldi. Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida 1 yanvar, soat 00:35 da Guliston shahrining Bo‘ston mahallasida istiqomat qiluvchi Madina Yusupova o‘g‘illi bo‘ldi. Bu uning uchinchi farzandi. Hozirda ona va bolaning salomatligi yaxshi.

– Yangi yilning ilk soatlarida sog‘lom chaqaloqlar dunyoga kelishi nafaqat oilalar uchun, balki butun viloyat aholisi uchun katta quvonch manbai hisoblanadi,  –  dedi Sirdaryo filiali direktori, akusher-ginekolog Shahlo Xojayeva. –   Bizning markazimizda  zamonaviy, qulay  sharoitlar yaratilgan bo‘lib, unda  malakali va fidoyi mutaxassislar  mehnat qiladi.

2025 yil 31 dekabr kuni Sirdaryo filiali va uning tuman va shahar tug‘ruq bo‘limlarida 36 nafar chaqaloq tug‘ilgan bo‘lsa,  1 yanvar soat 15:00  gacha  yana 11 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ularning 7 nafari qiz, 4 nafari esa o‘g‘il.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri