Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yilda bolalar zamonaviy bog‘chada
16:40 / 2026-01-01

Buxoro viloyati “O‘zanon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 37-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan barpo etilib, o‘z faoliyatini qayta boshladi.

Hozirda 270 nafar bolani qamrab olgan maskanda keng va yorug‘ dars va mashg‘ulot xonalari, oshxona, yotoqxona, sanitariya, isitish tarmog‘i, zamonaviy jihozlar, xavfsiz muhit bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoit yaratilgan. 

Bog‘chada bolalar iqtidorini rivojlantirish maqsadida shaxmat-shashka, mental arifmetika, to‘quvchilik, kulolchilik yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etilgan. Shuningdek, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun logoped, defektolog va psixolog xizmatlari faoliyat yuritmoqda.

Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti ssuda asosida qurilgan bo‘lib, buning uchun qiymati 6 milliard 400 million so‘m mablag‘ sarflangan. Uch qavatli, shinam inshootni foydalanishga topshirish tadbirida tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, mahalla mas’ullari, mehnat faxriylari, ota-onalar yig‘ildi. Bu maskan kelajak avlod ta’lim- tarbiyasi yo‘lidagi yana bir muhim va amaliy qadamdir.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri