French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yil, yangi uy, ushalgan orzular
12:31 / 2020-12-28

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 120 xonadondan iborat to‘rt qavatli beshta arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi.

Prezidentimizning 2019 yil 21 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishi amalga oshirilmoqda.  

“Qishloq qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati buyurtmasi bilan bunyod etilgan 4 qavatli, ikki-uch xonali 120 xonadondan iborat beshta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. Shinam va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan xonadonlar asosan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar, mehnat migrantlari, nogironligi bo‘lgan kishilar, yoshlar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar uchun ajratildi.

Yangi yil bayrami arafasida mazkur uylar foydalanishga topshirilgani ko‘plab oilalarga quvonch bag‘ishladi.

Tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliyev mamlakatimizda odamlarning og‘irini yengil qilish, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashlariga ko‘maklashish, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalar vakillarini, nogironligi bo‘lgan, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan ayollarni ijtimoiy muhofaza qilish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidladi.

Mazkur uy-joylarning qurilgani ham bu ishlarning uzviy davomidir. Yangi uylar aholi turmush darajasini yaxshilash uchun elektr energiyasiga moslashgan yakka tartibdagi issiqlik qozonxonalari, toza ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari, suv saqlash va tarqatish inshooti bilan ta’minlangan.

M.SULAYMONOV, O‘zA