FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Namangan shahri va tumanlar markazlarida Yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkalari bo‘lib o‘tmoqda.
Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari hamda ishlab chiqaruvchilar tomonidan kartoshka, piyoz, guruch, go‘sht, un, o‘simlik yog‘i, tuxum hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari xaridorlarga taqdim etilmoqda.
[gallery-15241]
Yangi yil bayrami arafasida aholiga qulaylik yaratish, ichki iste’mol bozorlarini asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli to‘ldirish hamda narx-navo barqarorligini ta’minlashdan maqsadida viloyat rahbari tomonidan mutasaddi idoralarga tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berilgan.
Bayram savdo yarmarkalari 2024 yilning 5 yanvarigacha davom etadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA