English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yangi yil ko‘chma archasi" bemor bolalarga quvonch ulashdi
12:20 / 2022-12-29

O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi tomonidan har yili "Bor mehrimiz senga, bolajon!" beg‘araz donorlik aksiyasi hamda "Xasta dillarga mehr ber" aksiyasi doirasida bemor bolajonlarga quvonch ulashish maqsadida "Yangi yil ko‘chma archasi" va boshqa bayram tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Kuni kecha ana shunday ezgu maqsadlarni ko‘zlagan tadbirlarning navbatdagisi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tashkil etildi.

Tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, bemor bolalarning holidan xabar olish va xasta ko‘ngillarga bayramona kayfiyat ulashish yuksak darajadagi insonparvarlik va mehr-oqibat namunasidir. Yangi yil bayrami oldidan tashkil etilgan ushbu tadbir xastalikdan aziyat chekayotgan bolajonlar va ularning yaqinlariga bayramga tuhfa bo‘ldi.  

[gallery-10115]

Yangi yil shodiyonalarining qahramonlari bo‘lmish qorbobo va qorqiz, turli ertak qahramonlari, qolaversa, bir qator san’atkorlarning tashrifi bemor bolajonlarga yanada yuqori kayfiyat va xursandchilik ulashdi. Bir-biridan qiziqarli sirk tomoshalari taqdim etildi.   

Tadbir yakunida bemor bolajonlarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.    

 

M.Komilova,  

O‘zA