Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yil ertagi bolajonlarda unutilmas taassurot qoldirmoqda
23:08 / 2023-12-27

Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi tomonidan yangi yil bayrami oldidan bolajonlar uchun “Yovuzlik malikasi yoxud Yangi yil ertagi” deb nomlangan teatrlashtirilgan bayram tomoshasi namoyish etilmoqda.

Qish beg‘ubor va orzu-umidlar faslidir. Ana shunday pok his-tuyg‘ular har bir qalbni shubhasiz, shirin va totli lahzalarga oshno etadi. Ushbu faslning ko‘rkli bayrami – Yangi yil esa bolalarga olam-olam quvonch, kattalarga yoshlik sururini bag‘ishlaydi. 

Yangi yil bayrami arafasida Andijon viloyat bolalar qo‘g‘irchoq teatrida ham jo‘shqin va bayramona hayot kechmoqda. Teatr jamoasi yangi yil bayramiga ko‘tarinkilik baxsh etish, bolajonlarning quvonch ulashish maqsadida o‘ziga xos bayram tuhfasini tayyorladi. 

– Ijodiy jamoamiz Yangi yil bayrami oldidan bolajonlarimiz uchun jamoamiz rahbari Xilolaxon Ziyayeva ssenariysi asosida sahnalashtirilgan “Yovuzlik malikasi yoxud Yangi yil ertagi” bayram tomoshasini namoyish etmoqda, – deydi teatrning yosh aktyori Dadajon Otajonov. – Maqsadimiz– tomoshalar orqali bolajonlarga quvonch, bayramona kayfiyat, ularning qalbiga ezgulik ulashish. 

[gallery-15247]

Yangi yil bayrami tomoshalari bolajonlarni sehrli va mo‘’jizaviy ertaklar olamiga olib kiradi. Turli ertaklar qahramonlari – Zolushka, Qizil qalpoqcha, Karlson, Bo‘ri, Quyon va yovuz Malika timsolida yaxshilik va ezgulik hamisha yovuzlik ustidan g‘olib bo‘lishi qiziqarli voqealar orqali namoyish etiladi. Bundan tashqari, quvnoq masxarabozlarning chiqishlari, qahramonlarning jozibali qo‘shiq va raqslari bolajonlarga olam-olam quvonch bag‘ishilamoqda. 

Bolajonlarning yuz-ko‘zlaridagi quvonch, bayramona kayfiyatni ko‘rib, beitiyor ularga havasingiz, quvonchlariga sherik bo‘lgingiz keladi. 

– “Yovuzlik malikasi yoxud Yangi yil ertaga” bayram tomoshasi juda qiziqarli ekan, dugonalarim bilan mazza qilib ko‘rdik, – deydi 2- sinf o‘quvchisi Ifora To‘lqinjonova. – O‘zimni xuddi tomosha qahramoni Yovuz Malika bilan birga sarguzashtlar olamida yurganday his etdim. Bayram tomoshalari men qatori barcha o‘rtoqlarimda unutilmas taassurotlar qoldirdi. 

Yangi yil bayrami tomoshalaridagi ertaklar qahramonlari rollari – Yovuz malika – Mavludaxon Prapiyeva, Karlson – Dadajon Otajonov, Boshlovchi bola – Shamsiddin Mo‘ydinov, ixtirochi Olimtoy – Muhammadjon Ismoiljonov singari teatrning yosh, iste’dodli artistlari tomonidan mahorat bilan ijro etilmoqda. 

Andijon viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasining Yangi yil bayrami tomoshalarida turli ertak qahramonlari orqali ona tabiatni asrab-avaylash, suvni isrof qilmaslik, rostgo‘ylik, halollik va hamisha ezgulikka intilib yashashdek insoniy fazilatlar ulug‘lanadi. 

Viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining bayram tomoshalari davom etmoqda. 

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/wV943sPVoL0" title="Yangi yil ertagi bolajonlarda unutilmas taassurot qoldirmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari