Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yil bayramiga tayyorgarlik (+video)
17:28 / 2025-12-15

Toshkent shahrida 2025–2026 yilgi Yangi yil bayram tadbirlariga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Poytaxtda bayramona muhitni yaratish, ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Asosiy tayyorgarlik ishlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi old maydonida amalga oshirilmoqda. Mazkur hududda poytaxtning bosh Yangi yil archasi o‘rnatilib, bayram tadbirlarining markaziy maydoni shakllantiriladi. Shu bilan birga, shahar tumanlarida bayram archalari o‘rnatish, bog‘ va maydonlarni bezash, yorug‘lik installyatsiyalari hamda bayramona sahnalarni tayyorlash ishlari bosqichma-bosqich bajarilmoqda.

Tayyorgarlik jarayonida transport harakatiga ham vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi. Xususan, 2025 yil 15 dekabrdan 2026 yil 15 yanvargacha O‘zbekiston Milliy kutubxonasi old maydoniga tutash Zarafshon, Istiqlol va Buyuk Turon ko‘chalarining ayrim qismlari transport harakati uchun yopiladi. Shuningdek, 2025 yil 17 dekabrdan 2026 yil 5 yanvargacha Taras Shevchenko gastronomik-turizm ko‘chasi hamda unga tutash Sayid Baraka ko‘chasining ayrim qismlarida harakat vaqtincha cheklanadi.

Mas’ullar poytaxt aholisi va mehmonlaridan ushbu cheklovlarni inobatga olib, harakatlanish yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishni so‘ramoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/yc7Tp8SlUZs" title="Yangi yil bayramiga tayyorgarlik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nozimbek Mardonov, Oybek Davronov (video), O‘zA