Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yil bayrami va dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi
10:58 / 2023-12-30

Yangi yil bayramida yurtdoshlarimiz 30 dekabrdan 2 yanvargacha ketma-ket 4 kun dam oladi. SSV matbuot xizmati shu kunlari navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalari ro‘yxatini e’lon qildi. Ya’ni davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda aholiga xizmat ko‘rsatadi.

— 207 ta tuman va shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari,  

— 1074 ta oilaviy poliklinikalar,  

— tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,

— ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,  

— tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.

Yurtimiz bo‘yicha 2835 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, 229 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.  

 

M.Qosimova,  O‘zA