French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yil bayrami tadbirlari tinch va xavfsiz o‘tadi
15:56 / 2025-12-19

Andijon viloyatida Yangi yil bayrami tadbirlarini yuqori saviyada, tinch va xavfsiz o‘tishini ta’minlash bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Yangi yil bayrami munosabati bilan hududlarda o‘rnatilgan “Prezident archasi” tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish, aholining ko‘ngilli dam olishi, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, bayram kunlarida jamoat tartibini saqlash, turli favqulodda holatlar va huquqbuzarliklar, shuningdek, ana shu hudud va maskanlarga kirish, chiqishda transport vositalarining erkin harakatlanishini ta’minlash, tirbandliklarning oldini olish bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda. 

Andijon viloyati hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi, boshqarmaning tegishli xizmatlari hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida viloyatning barcha tuman va shaharlarida “Prezident archasi” va boshqa yangi yil bayrami o‘tkaziladigan maskanlar  atroflicha o‘rganib chiqilmoqda.

O‘rganishlar davomida bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash, bolalar va fuqarolar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratish, shuningdek, tadbirlarni tashkil etishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada maskanlar va hududlarda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Bayram tadbirlarini tinch, xavfsiz o‘tishini ta’minlash yuzasidan mas’ul va mutasaddilarga tegishli topshiriq, tavsiyalar berilmoqda.   

F.Ubaydullayev,

 Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari