1-3 yanvar kunlari, ya’ni Yangi yil ta’tili davomida Markaziy Osiyo Xitoy sayyohlari uchun eng qulay hududga aylandi.
Yetakchi onlayn sayohat platformasi - “Qunar” hisobotida keltirilishicha, chinliklar yillar almashinuvi davrida sayohat qilishni afzal ko‘rgan shaharlar reytingidagi yuqori o‘nlikni Osiyo band etgan. Xususan, Seul eng mashhur xalqaro yo‘nalishlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, va Gruziya ham bu borada sezilarli o‘sishni namoyish etgan. Ushbu mamlakatlarga avia chiptalarni bron qilish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar ko‘paygan. Tahlilchilar ijobiy holatni Xitoy fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etilishi bilan bog‘lamoqda.
Shuningdek, Xitoy janubidagi Xaynan orol-muzofoti ham eng ko‘p e’tibor tortgan manzillardan biri sifatida e’tirof etildi. Bunga o‘tgan yil dekabr oyida orol bo‘ylab "mustaqil bojxona amaliyoti" ishga tushirilishi sabab bo‘ldi.
G.Sattorova, O‘zA