Yangi yil bayrami arafasida yo‘lovchilarga qulaylik
Bayramoldi va bayram kunlari yo‘lovchilarga transport xizmatlarini ko‘rsatishni yanada oshirish va ularga ko‘proq qulaylik yaratish maqsad qilingan.
Shunga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Toshkent-Termez-Toshkent yo‘nalishida 280/279-sonli yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur poyezdlar joriy yil 15,25,27,29 dekabr kunlari Toshkent-Termez, shuningdek, 16,26,28 va 30 dekabr kunlari Termez-Toshkent yo‘nalishida 4 martadan qatnovini amalga oshirib, yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazib qo‘yadi.
Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ