Yangi yil bayrami arafasida arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etildi
Yashnobod tumani “Aviasozlar”, “Navro‘z” dehqon bozorlari hamda Uchtepa tumanidagi "Farhod" bozorida aholiga qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etilmoqda.
Aholining bayram kayfiyatini ko‘tarish, bozorlarimizda mahsulotlar narxlarining barqarorligini ta’minlash hamda fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan yamarkada xaridorlarga sifatli va qulay narxlardagi kundalik iste’mol mahsulotlari taklif etilmoqda.


Jumladan, yarmarkada aholi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda bayram dasturxoni uchun kerakli ne’matlarga qulay narxlar belgilangan.


Toshkent shahar hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, kuni kecha “Aviasozlar” dehqon bozorida tungi vaqtda bozor hududida yong‘in holati qayd etilgan edi. Hodisa tezkorlik bilan bartaraf etilib, ayni vaqtda mazkur bozor odatiy tartibda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA