Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yil archalari atrofga nur tarata boshladi
16:32 / 2025-12-21

Surxondaryo viloyatida Yangi yil archalari atrofida qiziqarli konsert dasturlari va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yil viloyatda Yangi yil tadbirlari o‘tgan yillarga nisbatan erta boshlandi. Voha markazi va tumanlarda bayram archalari o‘rnatilib, chiroyli bezatildi. Ko‘ngilochar tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish va o‘tkazish uchun tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.  

Bu yil vohaning asosiy bayram tadbiri ilk marta Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida o‘tkazilmoqda. Viloyatning asosiy bayram archasi osmono‘par ko‘p qavatli zamonaviy turarjoy binolari va boshqa infratuzilma inshootlari qad rostlayotgan massivdagi yangi amfiteatr maydoniga o‘rnatilgan.

Ertaknoma bezatilgan maydonda Yangi yil shodiyonalarining boshlanishi oldidan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa mas’ul tuzilmalar rahbarlari bilan bayram tadbirlarini jamoat tartibini ta’minlagan holda xavfsiz, osoyishta o‘tkazish masalalarini muhokama qildi. Yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, aholiga bayram kayfiyatini ulashish uchun viloyatning asosiy hamda hududiy maydonlarida qiziqarli konsert dasturlari va boshqa ko‘ngilochar tadbirlarni yuqori darajada tashkil etish vazifasi topshirildi. Hududlarda Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalarida sifatli xizmatlar ko‘rsatish, bayram dasturxoni va aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur mahsulotlarning barqaror narxlarda sotilishini ta’minlash belgilab berildi. Shuningdek, hududiy studiyalar orqali archalar o‘rnatilgan maydonlardan qatnashgan tumanlar va Termiz shahri mutasaddilariga ham bayram tadbirlarini ko‘ngildagidek tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

[gallery-26835]

Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida o‘tkazilayotgan viloyatning asosiy bayram tadbirida poytaxtimizdan kelgan hamda viloyat san’atkorlarining qiziqarli dasturlari namoyish etilmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA