Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yil archa chiroqlari quyosh panellari yordamida yoritiladi
19:00 / 2022-12-14

Toshkent viloyatida “Prezident archasi” tadbiri yuqori saviyada nishonlanadi. Birinchi galda “Mehribonlik uylari”, maxsus maktab-internatlarida tarbiyalanayotgan hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, Vatan sarhadlarini himoya qilib, yurtimiz tinchligi va barqarorligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquq-tartibot organlari xodimlarining farzandlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi.

Xususan, “Kamalakdan yangi yil” loyihasi doirasida nogironligi bo‘lgan va yakka tartibda uy sharoitida o‘qitiladigan o‘quvchi yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlari holidan xabar olinadi. Ularga bayram sovg‘alari ulashiladi va xonadonlarida bayram dasturxonlari tuzaladi. Nurafshon shahri hamda tuman-shahar markazlarida, yirik savdo majmualari, bozor hududlarida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etiladi.  

Asosiy tadbir o‘tkaziladigan maydonlarni bayram ruhiga mos bezatish, bolalar uchun attraksionlar o‘rnatish belgilandi, yengil tamaddixonalar xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bayram tadbirlari bir kunda 3 seansda — soat 10:00 dan 22:00 ga qadar o‘tkaziladi. Unda bolalar bilan birgalikda turli xil interaktiv va ko‘ngilochar o‘yinlar, teatr truppalarini jalb etgan holda, badiiy jamoalarning chiqishlari tashkil qilinadi.  

El ardog‘idagi san’atkor va estrada xonandalarining konsert dasturlari namoyish etiladi. Asosiysi, bu yilgi Yangi yil archasi chiroqlari va boshqa yoritish qurilmalari quyosh panellari yordamida yoritiladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli hujjatni imzoladi.  

A. Musayev, O‘zA.