Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi yig‘ilishida Sudyalar oliy maktabini muvaffaqiyatli bitirgan nomzodlarni muqobillik asosida sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlash masalasi muhokama qilindi.
Natijada sudyalar korpusiga yana to‘qqiz nafar yangi a’zo qabul qilindi. Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Astanova Feruza Rahimjonovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Azimova Firuza Ahmadovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Qurbonova Zubayda Istamovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Kaxarov Oybek Naqshband o‘g‘li – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tumani sudining sudyasi lavozimiga;
Hamroyeva Adolat Jabborovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumani sudining raisi lavozimiga;
O‘roqov Muzaffar Muhiddinovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Samarqand viloyati Samarqand shahar iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Bekturayev Behzod Abbosovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Mamanov Qahraman Musurmanovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Aripov Timur Usanovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
N.Abduraimova tayyorladi. O‘zA