Yangi yil arafasida bir guruh sport faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport rivojiga munosib hissa qo‘shgan va mahoratli sportchi va mutaxassislarni tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatgan sport faxriylariga e’tibor ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash, holidan xabar olish an’ana tusiga kirgan.
Shu kunlarda Yangi yil bayrami arafasida Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari Kengashi va homiylar tomonidan 50 dan ortiq sport faxriylarining holidan xabar olinib, ularga ehtirom ko‘rsatilmoqda.

Kuni kecha bir guruh faxriylarning xonadonlariga borilib, ular bilan dildan suhbatlashildi. Maslahatlari tinglandi. Muloqot va suhbatlar jarayonida 97 yoshni qarshilayotgan sport faxriysi Yevgeniy Valiskiy, 95 yoshli faxriy Zinaida Bondarenko hamda 92 yoshli Manuel To‘ychiyev kabi sportimiz faxriylari bugungi dorilamon kunlarga shukronalik keltirishdi.

Davlatimizning g‘amxo‘rligi, ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun sport faxriylari minnatdorlik bildirdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA