Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi uy-joylar topshirilishi davom etmoqda
12:48 / 2026-02-16

Vatan himoyachilari kuni arafasida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyat boshqarmasi tizimida xizmat qilayotgan harbiylarga Farg‘onaning ekoshaharidan 20 ta xonadon kalitlari topshirilgan edi. Oradan bir oy o‘tib Farg‘ona tumanidagi “Yangi asr” MFY hududida barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” massivida Milliy gvardiyaning yana 20 nafar harbiy xizmatchisiga yangi uylar topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yangi xonadon sohiblarini qutlar ekan, mamlakatimizda milliy armiya qudratini oshirish bilan birga, harbiylarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularni uy-joy bilan ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganini ta’kidladi.

Bu gal topshirilgan uylar ham harbiylarga imtiyozli ipoteka krediti asosida berilmoqda. Tantanali tadbirda so‘zga chiqqan yangi uy-joy sohiblari yaratilgan sharoitlar uchun davlat rahbariga minnatdorchilik bildirdilar.

Muhammadjon Obidov, O‘zA