Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi turizm maskani ishga tushdi
20:58 / 2025-12-20

Prezident tashrifidan so‘ng

Yangi yil bayrami arafasida Namangan viloyatining Norin tumanida “Fishville Norin” gastronomik turizm markazi faoliyat boshladi.

“Fishville Norin” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari Aziz Daminov tashabbusi bilan forel baliq yetishtirish va aholiga yetkazib berish faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

Qayd etish joiz, Prezidentimizning shu yilning sentyabr oyida Namanganga tashrifi chog‘ida mazkur ob’ekt faoliyati bilan yaqindan tanishib, qishloq xo‘jaligida muhim tarmoq bo‘lgan baliqchilikni o‘ziga xos tajriba sifatida ommalashtirish borasida zarur topshiriqlar bergandi. 

Loyihaga tashabbuskor tomonidan umumiy qiymati 15 million AQSH dollari miqdorida sarmoya jalb etilgan. Korxonada yiliga 2 ming tonna baliq mahsuloti yetishtirilib, 10 million dollar eksport zaxiralari yaratildi. O‘ziga xos turizm maskani sifatida qurilgan oilaviy restoran ham bitkazilib, loyiha to‘liq ishga tushirildi. Bu joyda bir vaqtning o‘zida 100 nafar mehmonga xizmat ko‘rsatiladi. Eng asosiysi, umumiy hisobda 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

[gallery-26833]

Davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokidagi tantanali tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov baliqchilik drayverga aylangan Norin tumani uchun ushbu loyiha katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. 

Ramziy lenta qirqilib, gastronomik turizmga ixtisoslashgan yangi majmuadagi sharoitlar bilan tanishildi. Bayram dasturxonida jam bo‘lgan nuroniylar duoga qo‘l ochib, faoliyatga oq fotiha berdi.

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA.