French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi turar joyda talabalar uchun barcha qulaylik yaratildi
19:27 / 2024-02-19

Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz davlat pedagogika institutiga qarashli 400 o‘rinli yangi, zamonaviy talabalar turar joyi binosi foydalanishga topshirildi.

Binoning tantanali ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, faxriy ustozlar, jurnalistlar, blogerlar, institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Talabalar turar joyida barcha sharoit yaratilgan bo‘lib, jumladan, zamonaviy rusumdagi televizor, sovitkich, kir yuvish mashinasi va gaz plitalari hamda har bir xona yangi yotoq joylar, mebellar bilan jihozlangan. TTJ zamonaviy isitish tizimiga ega bo‘lib, 47 kVt li quyosh panellari ham o‘rnatilgan. 

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda institutda 3 ta fakultet 16 ta kafedra faoliyat yuritib kelmoqda. 18 ta yo‘nalishda jami 8 ming 665 nafar talaba tahsil olmoqda, shundan bakalavr kunduzgi ta’limdagi talabalar soni 4 ming 572 nafarni tashkil etadi. 

Institutda talabalarning sifatli ta’lim olishi uchun zamonaviy jihozlangan o‘quv xonalari, laboratoriya xonalari, IT markaz, Axborot resurs markazi, akseleratsiya markazi mavjud. O‘tgan yilning sentyabr oyida institutda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti bilan hamkorligida Astronomiya o‘quv-ilmiy markazi ham tashkil etildi. 

Ta’lim dargohida talabalarning darsdan so‘ng bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 43 ta ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, sport yo‘nalishlardagi to‘garak faoliyat yuritmoqda.

Ayni paytda yana 500 o‘rinli talabalar turar joy majmusining qurilishi davom etmoqda. 

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri