English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi turar joy, bolalar bog‘chasi va korxonalar foydalanishga topshirildi
15:06 / 2022-08-30

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida bir qator yangi ob’ektlar foydalanishga topshirildi.

Ochilish tadbirlari kapital ta’mirdan chiqarilgan “Mevazor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlandi. Ilgari 140 o‘ringa ega bo‘lgan bolalar bog‘chasi qayta ta’mirlashdan keyin 180 nafar bolajonni o‘z bag‘riga oladigan bo‘ldi.

Tumanda aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Xususan, G‘ofur G‘ulom nomli hamda “Chinobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida 2 ta besh qavatli 40 xonadonga mo‘ljallangan aholi turar-joyi foydalanishga topshirilgani Do‘stlik tumani aholisi uchun munosib bayram tuhfasi bo‘ldi.

[gallery-8578]

Tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va berilgan imtiyozlar natijasida oxirgi 5 yil davomida tumanda 946 ta yangi tadbirkorlik sub’ekti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, shundan 213 tasi joriy yilda tashkil etilgan.

Ayni paytda, tumanda jami 1 ming 957 ta korxona faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan sanoat korxonalari soni 192 ta, qishloq xo‘jaligi 1 ming 164 ta, savdo sohasida 314 ta, qurilish va boshqa yo‘nalishdagi korxonalar soni 287 tani tashkil etmoqda.

Tumandagi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 10 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, aholi bandligi ta’minlangan.

– Joriy yilda 13 ming 951 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rni yaratilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchilarning bandligi ta’minlangan, – deydi Do‘stlik tumani hokimi Shavkat Darvishev. – Tumanda 4 ta sanoat zonasi, ya’ni 2 ta “Yoshlar sanoat zonasi” va 2 ta “Kichik sanoat zonasi”ni tashkil etdik. Buni tashkil etish uchun “Sanoatchilar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan jami 10,3 gektar yer maydoni ajratganmiz.

Sanoat zonalarini infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 2 milliard 500 million so‘m ajratilib, asfalt yo‘l uchun 1 milliard 259 million so‘m, elektr energiyasi uchun 361 million 400 ming so‘m, tabiiy gaz tarmog‘i uchun 311 million 900 ming so‘m, toza ichimlik suvi uchun 532 million 900 ming so‘m mablag‘lar sarflandi.

Sanoat zonalarida 52 ta umumiy qiymati 120 milliard so‘mga yaqin istiqbolli loyiha ishlab chiqilgan. Shundan, umumiy qiymati 19 milliard 200 million so‘mlik 6 ta loyihada investitsiyalar o‘zlashtirilib ishga tushirilgan, umumiy qiymati 16 milliard 800 million so‘mlik 7 ta loyiha bo‘yicha esa qurilish, ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida mingga yaqin doimiy ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, “Yoshlar sanoat zonasi” uchun ajratilgan yer maydonlari auksion savdolariga chiqarilib, fuqarolar tomonidan sotib olingan, yer maydonlarida zamonaviy-innovatsion loyihalar amalga oshirish maqsad qilingan. Jumladan, “Mega Stroy SSO” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 2 milliard 200 million so‘m bo‘lgan bir kunda 50 tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega, “Sement ishlab chiqarish” loyihasi ishga tushirildi va 10 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Korxona bu bilan to‘xtab qolmay, bir sutkada 75 dona temir beton ustun ishlab chiqarish quvvatli bo‘lgan loyihani ham ishga tushirdi va ayni paytda, ushbu korxona o‘z mahsulotlarini respublikamizning turli hududlariga chiqarib kelmoqda.

OAV vakillari faoliyati bilan tanishgan “Kichik sanoat zonasi” 4,7 gektarni tashkil etib, yil yakuniga qadar qiymati 34 milliard  so‘mlik 12 ta loyiha amalga oshiriladi va 140 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Tumandagi “Jasurbek Xolmuxamedov” fermer xo‘jaligi rahbari Murtozaqul Bo‘tayev tomonidan loyiha qiymati 6 milliard 400 million so‘m bo‘lgan, ishlab chiqarish uskunalari Italiya davlatidan olib kelingan eng so‘ngi jahon andozadagi, zamon talablariga mos keluvchi “DO‘ST MILK” brendi bilan bir sutkada 15 tonna “Sut mahsulotlaridan tayyor mahsulot ishlab chiqarish” korxonasi ishga tushirildi, natijada 13 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Korxona faoliyatini kengaytirish maqsadida “Muzqaymoq ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasi uchun ham harakatlar boshlab yuborilgan.

“Sherzod NX” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tomonidan 1 milliard 300 million so‘mlik yo‘lak toshlari hamda ko‘pikli blok g‘ishtlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi, “Ummondagi albatros” MCHJ tomonidan qiymati 1 milliard 500 million so‘m yog‘och materiallaridan uy mebellari hamda shlakoblok g‘ishtlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi, “Mirzaqulov Zafar” fermer xo‘jaligi umumiy qiymati 6 milliard  so‘mlik bo‘lgan, kunlik quvvati 20 tonna “O‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish” loyihasi ishga tushirilib ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlandi. “Motor ta’mir” xususiy korxonasi tomonidan kunlik 1 ming 200 dona poliyetilen qop ishlab chiqarish quvvatiga ega, qiymati 1 milliard 800 million so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi natijasida, jami 56 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

“Do‘stlik agro texservis” MCHJ tomonidan qiymati 600 million so‘mlik paypoq ishlab chiqarishni tashkil etilishi natijasida 22 ta yangi ish o‘rni, “Ezo-Nur” MCHJ tomonidan qiymati 750 million so‘mlik qog‘oz sochiq, maishiy qog‘oz va qog‘oz salfetkalar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirib, 12 ta yangi ish o‘rni, “Agro chorva klaster” MCHJ tomonidan qiymati 2 milliard 200 million so‘mlik go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi o‘zlashtirilib 13 ta, “Azizbek bog‘ baraka” MCHJ tomonidan qiymati 1 milliard so‘m bo‘lgan dukkakli mahsulotlarni qadoqlashni amalga oshirilishi natijasida 12 ta  yangi ish o‘rni yaratiladi.

 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA