Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Toshkentgacha metro yoʻlining qurilishi kelasi yilga rejalashtirilmoqda
18:03 / 2025-08-14

Yangi Toshkent qurilishi direksiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Yangi Toshkentgacha yangi metro yo‘lini qurish rejalashtirilgan bo‘lib, u kuniga 230 minggacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda.

Yo‘lning uzunligi 8 km bo‘lib, u «Do‘stlik» metro bekatidan boshlanadi va uchta bekatni o‘z ichiga oladi.

Loyiha qiymati 110 mln AQSH dollari etib baholangan. Shu mablag‘dan 11 mln dollar 2025 yilda, qolgan 99 mln dollar esa 2026 yilda o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha qurilishining investori — turkiyalik Hvav Yapi Sanayi Ve Tic. A.S. kompaniyasidir. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Yangi Toshkent shahriga metro yo‘li hozirgi “Do‘stlik” metro bekatidan boshlanib, yangi markazgacha boradi. Uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat bo‘lishi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggacha yo‘lovchilarni qamrab oladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA